Maktab xaqida

Maktabimiz xayoti

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 97-sonli buyrug‘iga asosan 2013 yil 10 iyulda Kattaqurg’on shahridagi 10-13- son maktablari birlashtirilib  “13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi” ga o‘zgartirildi. 1960 yilda zamonaviy usulda qurilgan. Maktab Mustaqillik kuchasi 1-uyda joylashgan Quvvati 882 o‘rinli.

2015-2016 o‘quv yilida Davlat dasturi asosida maktab joriy ta’mirdan chiqarilgan

Maktabda faollar zali, oshxona, kutubxona va zamonaviy shakilda qurilgan sport zali, 2ta kompyuter xonasi, zamonaviy texnik vositalar bilan jixozlangan ingliz tili xonalari mavjud.

Maktab bir navbatli. Bugungi kunda maktabda ikkita o’quv binosi 45 ta sinf mavjud bo‘lib, bu sinflarda 883 nafar o‘quvchi ta’lim va tarbiya olmoqda. Ularga 53 nafar oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Ushbu 2 nafari oliy toifali , 4 nafari 1toifali, 18 nafari 2 toifali  13nafari o’rta maxsus va 26nafar mutaxasis o‘qituvchilardir.

Maktabda ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Maktabga Salimova Feruza Shukurovna 2005 yildan buyon rahbarlik qiladi.

Maktab Respublika miqyosida erishgan yutuqlari bo‘yicha bir qancha sport, musiqa yunalishlaridan sovrinlarva diplomlari mavjud. Ulardan biri: 2014-2015 o‘quv yilida O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI  Samarqand viloyati kattaqurg’on shaxar 13-sonli maktab direktori Salimova Feruza Shukurovna ni “yilning eng yaxshi maktab direktori”ko’rik –tanlovining respublika bosqichida 1-o’rinni egallaganligi uchun 1-darajali DIPLOM bilan taqdirlandi.

Maktabda  barcha  fan o’qituvchilar  tasdiqlangan  reja  asosida ochiq dars  va  noan`anaviy yangi ped tehnalogiyalar asosida  darslarini o’tib  kelmoqdalar  va  uslub birlashmalar   o’rtasida reja asosida ochiq  tarbiyaviy  soatlar  tashkil etilgan. Sinf rahbarlari va sinflar   o’rtasida  musobaqalar o’tkazilib  borilmoqda.

Maktabning  95%  o’quvchilar o’quv formasida kelishadilar. Maktabimizda   5  ta  uslub birlashma   1 ta sinf  rahbarlari uslub  birlashmasi  tashkil etilgan.  Fan  uslub  birlashmalariga  tajribali  mohir  pedagoglar   rahbar  etib  tayinlangan.  Barcha uslub  birlashmalar 1 yillik  ish  rejasiga ega  bo’lib, bayonnomalar shu  reja  asosida qayd etilib  borilmoqda.

Ustoz-shogird  maktabining rahbari   tajribali  pedagog  Zubaydullaeva Matluba Pulatovnaga berkitilgan. Maktabda  ustoz-shogird  burchagi  tashkil  etilgan. Ustoz-shogird maktabning  ish  rejasiga   ega  va  reja  asosida  ish  olib  borilmoqda.  Har  bir metod birlashma  rahbarlari  o’zlarini  metod  birlashmalariga  karashli  Ustoz va shogird  o’qituvchilari  qilgan  ishlari  haqida  har chorakda  hisobot  berib  bormoqdalar.

Maktabimizda  umumiy  davomat  92.5% ni tashkil qiladi. O’zlashtirish  97 % ni, samaradorlik 72% ni tashkil etidi. Maktabda O’zbekiston Respublikasi Prezdentining 2012-yil 10-dekabrdagi ,,Chet tillarini o’rganish Qarorini amalga oshirish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Maktab  o’quvchilariga jadval asosida dars va tugaraklar o’tib kelinmoqda. Darslarga barcha o’quvchilar jalb qilingan va     muntazam  baholanib borilmoqda. Barcha o’qituvchilarni ingliz tili daftarlari mavjud bo’lib,  olgan bilimlari haqida  chorak yakunida   yozma hisobot berilib borilmoqda.

Tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»  PQ-1875 –sonli qarori ijrosi namunali tarzda olib borilmoqda. Ingliz tili darslari uchun DTS asosida jixozlangan fan xonalari ajratilgan bo‘lib, unda zamonaviy texnik vositalar mavjud.Maktabda ingliz tili darslari elektron darsliklar yordamida namunali tashkil etiladi.

Maktabda 1-sinflar uchun 2 ta ingliz tili xonasi nizom asosida tayyorlandi. 1-sinf o’quvchilarni bilim olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud. Maktabda  fan oyliklari  jadval  asosida  o’tkazilib  kelinmoqda

Maktabda har bir fan o’qituvchilari metod kunlari o’zaro darslarga kirib tahlil qilib bormoqdalar. Maktab rahbarlari tomonidan  70 soat, 180 soat o’qituvchilar tomonidan  HTMFMT  va  TEB ga  har hafta hisobot berib kelinmoqda.Barcha sinf jurnallari ko’rib chiqildi va jurnallarda qo’pol hatolar yo’q. Kamchiliklar aniqlanib bartaraf etildi barcha sinf rahbarlari sinf reytingi va sinflari tabellarini topshirdilar. Maktabda 25  nafar fan to’garaklar tashkil `etilgan bo’lib fan to’garak ahvoli qoniqarli darajada. Har bir tugarak rahbari belgilangan  jadval asosida mashg’ulotlarni muntazam ravishda olib borilmoqdalar.

Har bir o’qituvchi iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qushimcha mashg’ulotlar olib bormoqdalar va olib borgan ishlari haqida  har chorak yakuni bilan o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlariga yozma hisobot berib bormoqdalar.

O’rgan-o’rgat tadbiri bo’yicha har bir sinfda o’quvchilarni bir -biriga biriktirilgan. Sinf rahbarlari har chorakda olib borilgan ishlar haqida hisobot berib bormoqdalar.

Maktabda sport tugaraklari faoliyat ko’rsatib »Mohir qo’llar», »`Ekologiya», »Sehrli igna», »Basketbol qizlar», »Basketbol  o’g’illar», » Shahmat- shashka». Maktabda muntazam ravishda reja asosida ochiq tarbiyaviy soatlar o’tkazib borilmoqda.